FIFA Argentina futbolçilarining siyosiy banneri böyiça tekşiruv boşladi
FIFA Intizom qömitasi 2026 yilgi Jahon çempionatining yarim finalidan söng, Argentina terma jamoasi futbolçilari tomonidan siyosiy mazmundagi banner namoyiş etilgani yuzasidan tekşiruv boşladi. Bu haqda taşkilot bayonotiga tayanib, ESPN xabar berdi.
Avvalroq, Argentina terma jamoasi Angliya ustidan 2:1 hisobida qozonilgan yarim final ğalabasini “Malvinalar – argentinaliklarniki” degan yozuv tuşirilgan banner bilan nişonlagan edi.
“Standart tartibga muvofiq, FIFA Intizom qömitasi hozirda öyin böyiça rasmiy hisobotlarni örganmoqda hamda intizom kodeksiga asosan keyingi çoralar yuzasidan qaror qabul qilişdan avval barça holatlarni baholamoqda”, deyiladi taşkilot bayonotida.
Agar mazkur harakat Intizom kodeksini buzgan deb topilsa, argentinalik futbolçilar jarimadan tortib, futbol bilan boğliq faoliyatdan malum muddatga çetlatilişgaça bölgan turli intizomiy jazolarga duç kelişi mumkin. Biroq Ispaniyaning COPE radiostantsiyasi malumotiga köra, FIFA Jahon çempionati davomida yoki musobaqadan söng jiddiy sanktsiyalar qöllaşni rejalaştirmayapti.
Malumot uçun, Argentina va Buyuk Britaniya örtasida Folklend (Argentinada Malvinalar deb ataladi) orollari böyiça köp yillik hududiy nizo mavjud. Argentina mazkur orollarni özining tarixiy hududi deb hisoblaydi va 1833 yilda Britaniya nazorati örnatilganini bosqin sifatida baholaydi. Masala bir neça bor Birlaşgan Millatlar Taşkiloti (BMT) doirasida muhokama qilingan.
1982 yilda esa uşbu hududiy nizo qurolli töqnaşuvga aylanib, Folklend uruşi yuz bergan va u Buyuk Britaniya ğalabasi bilan yakunlangan. Şundan buyon Argentina orollar ustidan suverenitet masalasini BMT mexanizmlari orqali kötarib kelmoqda, ammo tomonlar hozirga qadar murosaga erişa olmagan.