Infantino ustidan Xalqaro Olimpiya qömitasiga şikoyat qilindi
Xalqaro Olimpiya qömitasi (XOQ) FIFA prezidenti Janni Infantinoning AQŞ Prezidenti Donald Tramp bilan munosabatlarida siyosiy betaraflik tamoyilini buzgani haqida rasmiy şikoyat qabul qildi. Bu haqda ESPN xabar berdi.
Malum qilinişiça, inson huquqlari bilan şuğullanuvçi FairSquare nodavlat taşkiloti Infantino 2020 yildan buyon XOQ azosi sifatida Olimpiya xartiyasi va XOQning Axloq kodeksini bir neça marta buzganini takidlagan. Şikoyatda, jumladan, AQŞ terma jamoasi hujumçisi Folarin Balogun işi ham tilga olingan.
“Janni Infantino AQŞ Prezidenti Donald Trampga siyosiy qöllab-quvvatlov körsatiş orqali XOQning siyosiy betaraflik qoidalarini bir neça bor buzgan”, deyiladi FairSquare bayonotida.
Eslatib ötamiz, avvalroq FIFA Intizom qömitasi AQŞ terma jamoasi hujumçisi Folarin Balogunning diskvalifikatsiyasini vaqtinça töxtatib, unga Jahon çempionatining 1/8 finalida Belgiyaga qarşi bahsda iştirok etişga ruxsat bergan edi.
Ommaviy axborot vositalarida tarqalgan malumotlarga köra, bu qaror FIFA prezidenti Janni Infantino Oq uydan qönğiroq olganidan keyin qabul qilingan. Keyinroq Donald Tramp ham Infantinoga qönğiroq qilganini va Balogun masalasini qayta körib çiqişni söraganini tasdiqlagan.
XOQ Olimpiya harakatining asosiy tamoyillaridan biri sifatida siyosiy betaraflikni etirof etadi. Infantino esa 2020 yildan beri XOQning 100 nafardan ortiq azodan iborat eksklyuziv tarkibiga kiradi va taşkilotning Axloq kodeksi talablariga böysunadi.