Tramp Balogunni öyinga qaytarişni sörab Infantinoga qönğiroq qildi
AQŞ Prezidenti Donald Tramp şaxsan FIFA prezidenti Janni Infantinodan AQŞ milliy terma jamoasi hujumçisi Folarin Balogunning Jahon çempionatining 1/8 final uçraşuvi uçun belgilangan diskvalifikatsiyasini bekor qilişni söragan. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Manbaga köra, Tramp ötgan hafta Infantinoga qönğiroq qilib, mazkur masala yuzasidan şaxsan murojaat qilgan.
Avvalroq, FIFA intizom qömitasi Balogunning diskvalifikatsiyasini töxtatib turgani va unga Belgiyaga qarşi bölajak uçraşuvda maydonga tuşişga ruxsat berganini xabar qilgan edi. Keyinçalik Tramp bu qaror uçun FIFAga minnatdorçilik bildirdi. U özining “Truth Social” sahifasida federatsiya “töğri qaror qabul qildi va katta xatoni tuzatdi”, deb yozdi.
Balogun 1/16 finalda Bosniya va Gertsegovinaga qarşi bahsda (2:0) himoyaçi Tarik Muharemoviçga nisbatan qöpol harakat qilgani uçun qizil kartoçka olgan edi.
Amerikalik hujumçi raqibining oyoğining orqa qismiga butsasining tişlari bilan zarba bergan. Amaldagi qoidalarga köra, u keyingi uçraşuvni ötkazib yuborişi kerak edi.
Malumot uçun, AQŞ va Belgiya örtasidagi 1/8 final uçraşuvi ertaga, 7 iyul kuni bölib ötadi.