JÇ tarixida birinçi marta qizil kartoçka bekor qilindi
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) Intizom qömitasi AQŞ milliy terma jamoasi hujumçisi Folarin Balogunga nisbatan qöllanilgan diskvalifikatsiyani şartli jazoga almaştirdi va unga Belgiyaga qarşi Jahon çempionati 1/8 final uçraşuvida maydonga tuşişga ruxsat berdi. Bu haqda “The Athletic” naşri xabar berdi.
Balogun 1/16 finalda Bosniya va Gertsegovinaga qarşi bahsda (2:0) himoyaçi Tarik Muharemoviçga nisbatan qöpol harakat qilgani uçun qizil kartoçka olgan edi. Amerikalik hujumçi raqibining oyoğining orqa qismiga butsasining tişlari bilan zarba bergan.
Amaldagi qoidalarga köra, u keyingi uçraşuvni ötkazib yuborişi kerak edi.
“FIFA Intizom kodeksining 27-moddasiga muvofiq, bir öyinlik diskvalifikatsiya bir yillik sinov muddati bilan almaştiriladi. Agar futbolçi uşbu muddat içida şunga öxşaş xususiyat va oğirlikdagi yana bir qoidabuzarlikka yöl qöysa, şartli jazo bekor qilinadi va avvalgi diskvalifikatsiya yangi huquqbuzarlik uçun belgilanadigan qöşimça jazoga qöşimça ravişda qöllaniladi”, deyiladi rasmiy xabarda.
2025 yilda Portugaliya milliy terma jamoasi sardori Kriştianu Ronaldu ham 2026 yilgi Jahon çempionati saralaş bosqiçida olgan qizil kartoçkasidan keyin şunga öxşaş qarorga duç kelgan edi. U saralaşning sönggi uçraşuvini ötkazib yubordi, keyinçalik esa ikki öyinlik şartli jazo oldi. Bu qaror unga uzoq muddatli diskvalifikatsiyadan qoçiş va Şimoliy Amerikada ötkazilayotgan Jahon çempionatining oçiliş öyinlarida iştirok etiş imkonini bergan.
Malumot uçun, 25 yoşli Folarin Balogun 2023 yilning yozidan buyon Frantsiyaning “Monako” klubi şarafini himoya qilib kelmoqda. U 2026 yilgi Jahon çempionatida uçta uçraşuvda maydonga tuşib, uçta gol urdi va AQŞ terma jamoasining turnirdagi eng yaxşi töpurari bölib turibdi.
AQŞ va Belgiya örtasidagi 1/8 final uçraşuvi ertaga, 7 iyul kuni bölib ötadi. Uşbu bahs ğolibi çorak finalda Ispaniya – Portugaliya juftligi ğolibi bilan kuç sinaşadi.