Paragvay Bellingem yuzasidan FIFA’ga rasmiy şikoyat yölladi
Paragvay futbol assotsiatsiyasi Angliya terma jamoasi yarim himoyaçisi Jud Bellingem yuzasidan FIFA’ga rasmiy şikoyat yölladi. Bu haqda “The Mirror” naşri xabar berdi.
Manbaga köra, murojaat joriy yilning 24 iyun kuni Angliya va Gana örtasidagi 2026 yilgi Jahon çempionati guruh bosqiçining ikkinçi tur uçraşuvidagi voqea bilan boğliq. 0:0 hisobida yakunlangan bahsda Bellingem Gana hujumçisi Jordan Ayyuga murojaat qilar ekan, oğzini qöli bilan yopgan.
Paragvay tomoni FIFA intizomiy qoidalarni qöllaşda izçillikka rioya etmayotganini takidlamoqda. Ularga köra, Paragvay yarim himoyaçisi Migel Almiron musobaqa boşida Turkiyaga qarşi öyinda şunga öxşaş imo-işora uçun töğridan töğri qizil kartoçka olgan.
Mazkur qoida Jahon çempionati arafasida Janluka Prestianni Vinisius Juniorga nisbatan haqoratli söz işlatgani uçun diskvalifikatsiya qilinganidan keyin joriy etilgan edi.
Hakamlar Bellingemni maydonda jazolamaslikka qaror qildi. Ular uning harakatini tajovuzkor yoki mojaroni kuçaytiruvçi holat, deb baholamagan.
Amaldagi FIFA qoidalariga köra, bunday imo-işora futbolçilar örtasidagi janjal yoki tajovuzkor muloqot vaqtida sodir etilsa, töğridan töğri qizil kartoçka körsatilişi mumkin.