USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Jazoir Argentinaga qarşi öyindagi hakamlik böyiça FIFA’ga şikoyat qildi

130 марта
Жазоир Аргентинага қарши ўйиндаги ҳакамлик бўйича FIFA’га шикоят қилди

Jazoir futbol federatsiyasi 2026 yilgi Jahon çempionati doirasida Argentinaga qarşi ötkazilgan uçraşuvda polşalik hakam Şimon Marçinyak tomonidan qabul qilingan qarorlar yuzasidan FIFA’ga rasmiy şikoyat yölladi. Bu haqda TSA xabar berdi. 

Manbaga köra, şikoyatda argentinalik futbolçilar tomonidan sodir etilgan va jazosiz qolgan ikki jiddiy qoidabuzarlik qayd etilgan.

Birinçi holatda hujumçi Lionel Messi öyinning 31-daqiqasida Jazoir himoyaçisi Ayssa Mandining boldir qismiga zarba bergani takidlangan. Voqea izlari körinib turganiga qaramay, Marçinyak bu vaziyatda heç qanday kartoçka körsatmagan.

Ikkinçi epizod esa, 74-daqiqada sodir bölgan. Unda Argentina yarim himoyaçisi Aleksis Makallister tirsagi bilan Jazoir futbolçisi Ibrohim Mazzaning yuziga tekkan. Natijada, Mazza maydonga yiqilgan, ammo hakam penalti belgilamagan.

Malumot uçun, joriy yilning 17 iyun kuni bölib ötgan bahs Argentinaning 3:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlangan. Uşbu uçraşuvda Messi 17, 60 va 76-daqiqalarda gol urib, xet-trik muallifi bölgandi. Birinçi tur öyinlaridan söng, Argentina “J” guruhida peşqadamlik qilmoqda, Jazoir esa, 4-örinni egallab turibdi.

Eslatib ötamiz, avvalroq FIFA hakamlar qömitasi raisi Perluiji Kollina Argentina terma jamoasining sardori Lionel Messi iştirok etgan bahsli vaziyat yuzasidan izoh bergan edi.
 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: