FIFA 1-turining eng yaxşi futbolçilarini elon qildi
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) özining reyting tizimi asosida 2026 yilgi Jahon çempionati guruh bosqiçining birinçi turida eng yaxşi öyin körsatgan futbolçilarni aniqladi. Bu haqda taşkilot matbuot xizmati xabar berdi.
Hujumkorlik böyiça reytingda Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi birinçi örinni egalladi. U Jazoirga qarşi bahsda xet-trik qayd etib, jamoasining 3:0 hisobidagi ğalabasiga katta hissa qöşdi. Şuningdek, Messi Argentina terma jamoasining darvoza tomon yöllangan aniq zarbalarining 60 foiziga mualliflik qildi.
Ijodkorlik körsatkiçi böyiça Eron terma jamoasi himoyaçisi Ramin Rezayan yetakçi deb topildi. Yangi Zelandiyaga qarşi 2:2 hisobida yakunlangan uçraşuvda öng qanot himoyaçisi sifatida harakat qilgan futbolçi öyin davomida bitta gol urdi va 31 ta aniq uzatmani amalga oşirdi.
Himoyaçilar reytingida esa Kanada terma jamoasi vakili Derek Kornelius birinçi örinni egalladi. Bosniya va Gertsegovinaga qarşi bahsda u 17 marta töpni saqlab qoldi, 13 ta töp raqib jamoadan qaytarib oldi, törtta blok qayd etdi. Şuningdek, u havodagi sakkizta yakkakuraşning barçasida ğolib çiqdi.
Elatib ötamiz, Özbekiston milliy terma jamoasi birinçi turda Kolumbiyaga qarşi maydonga tuşdi va 3:1 hisobidagi mağlubiyatni qabul qilib oldi. Özbekiston terma jamoasining Jahon çempionatidagi ilk golini esa Abbosbek Fayzullayev kiritgandi.