Infantino Trampga har kuni qönğiroq qilişini aytdi
FIFA prezidenti Janni Infantino AQŞ Prezidenti Donald Tramp bilan deyarli har kuni telefon orqali muloqot qilişini va Oq uy rahbari 2026 yilgi Jahon çempionatining yaxşi ötayotganidan mamnun ekanini malum qildi. Bu haqda Infantino Şveytsariyaning “Blue News” naşriga bergan intervyusida söz oçdi.
“Biz Tramp bilan deyarli har kuni muntazam ravişda muloqot qilamiz. U juda xursand va turnirdan çindan ham zavq olmoqda. Barça öyinlarni televizor orqali tomoşa qilmoqda”, deydi FIFA rahbari.
Infantino, şuningdek, Tramp kuçaytirilgan xavfsizlik çoralari sababli Jahon çempionati öyinlariga bormayotgani haqidagi taxminlarni ham rad etdi.
“Yöq, yöq. Menimça, uning şunçaki boşqa işlari bor. Agar u stadionga kelsa, odamlar: “Dunyoda şunça voqealar sodir bölayotgan bir paytda u stadionda nima qilyapti?” deb söraşardi. Men u va uning mamuriyati bilan doimiy aloqadaman. Ular Jahon çempionatini taşkil etiş böyiça ajoyib iş qilmoqda”, deya qöşimça qildi Infantino.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 2 iyul kuni AQŞ terma jamoasi Jahon çempionatining 1/16 finalida Bosniya va Gertsegovinani 2:0 hisobida mağlub etdi. Uçraşuvning 64-daqiqasida amerikalik hujumçi Folarin Balogun töğridan-töğri qizil kartoçka oldi va qoidalarga köra, keyingi uçraşuvni ötkazib yuborişi kerak edi. Biroq FIFA Intizom qömitasi uning bir öyinlik diskvalifikatsiyasini bekor qilib, jazoni bir yillik sinov muddati bilan almaştirdi. Şu tariqa Balogun Belgiyaga qarşi 1/8 final bahsida maydonga tuşiş imkoniyatiga ega böldi. Joriy yilning 5 iyul kuni Donald Tramp Balogunning çetlatilişi ortidan FIFA va Janni Infantino bilan şaxsan boğlanganini hamda taşkilotga “jiddiy adolatsizlikni” bartaraf etgani uçun minnatdorlik bildirganini malum qildi.
Şunga qaramay, Balogun maydonga tuşgan uçraşuvda AQŞ terma jamoasi Belgiyaga 1:4 hisobida mağlub bölib, musobaqani tark etdi.