USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Tramp Jahon çempionati ğoliblariga kubokni topşiradi

73 марта
Трамп Жаҳон чемпионати ғолибларига кубокни топширади

AQŞ Prezidenti Donald Tramp 2026 yilgi Jahon çempionati ğoliblariga kubokni şaxsan özi topşirişini aytdi. Bu haqda Tramp Oq uyda jurnalistlarga bergan intervyusida söz oçdi.

Tramp Oq uyda NATO boş kotibi Mark Ryutte bilan uçraşuv çoğida jurnalistlar savollariga javob berar ekan, Janni Infantino uni sovrinni topşirişga taklif qilganini aytdi.

“Menimça, Janni ajoyib iş qildi. Ha, u mendan kubokni topşirişni söradi”, dedi Tramp.

Amaldagi protokolga köra, Jahon çempionati kubogi avval şohsupaga qöyiladi. Keyin esa, çempion jamoa futbolçilaridan biri uni kötarib, butun jamoa bilan birgalikda ğalabani nişonlaydi.

Xabar qilinişiça, FIFA Trampning taqdirlaş marosimidan keyin maydonni tark etişi yoki futbolçilar bilan birgalikda ğalabani nişonlaşi borasidagi qarorni uning öziga havola qilgan.

Marosimda 2026 yilgi Jahon çempionati mezbonlari bölgan AQŞ, Kanada va Meksika rasmiylari ham iştirok etişi kutilmoqda.

Eslatib ötamiz, 2025 yilda AQŞda yangi formatdagi ilk Klublar örtasidagi jahon çempionati ötkazilgan edi. Öşa turnirda Angliyaning “Çelsi” klubi ğolib çiqqan va finaldan söng Donald Tramp kubokni jamoaga topşirgan. Şuningdek, u futbolçilar bilan birga sahnada qolib, ğalabani nişonlaş marosimida ham iştirok etgan.

Malumot uçun, AQŞ, Kanada va Meksika mezbonlik qilayotgan 2026 yilgi Jahon çempionatining final bahsi joriy yilning 19 iyul kuni Nyu-York şahrida bölib ötadi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: