USD: 11,973 söm ▲ EUR: 13,437 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 16,113 söm ▲ CNY: 1,796 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,260 söm ▲ USD: 11,973 söm ▲ EUR: 13,437 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 16,113 söm ▲ CNY: 1,796 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,260 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

FIFA Balogunni 40 ming dollar jarimaga tortdi

272 марта
FIFA Балогунни 40 минг доллар жаримага тортди

FIFA Intizom qömitasi AQŞ milliy terma jamoasi hujumçisi Folarin Balogunni Jahon çempionati 1/8 finalida Bosniya va Gertsegovinaga qarşi uçraşuvda olgan qizil kartoçkasi bilan boğliq holat yuzasidan 40 ming dollar jarimaga tortdi. Bu haqda FIFA matbuot xizmati xabar berdi.

Balogun mazkur uçraşuvning 64-daqiqasida raqib himoyaçisi Tarik Muxaremoviçning töpiğini bosib yuborgani uçun VAR tekşiruvidan söng töğridan-töğri qizil kartoçka olgan edi. Uçraşuv AQŞ terma jamoasining 2:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlangan.

Şunga qaramay, öyin tugagaç, Balogun qizil kartoçka olganiga qaramasdan, jamoadoşlari bilan ğalabani nişonlaş uçun maydonga qaytgan.

Malum qilinişiça, jarimaning 20 ming dollari FIFA Intizom kodeksining 14-moddasi – öyinçilarning gol yoki ğalabani nişonlaş tartibiga oid qoidalarni buzgani uçun, qolgan 20 ming dollari esa Intizom kodeksining 66-moddasi – qizil kartoçka olgan futbolçining çetlatiş tartibiga rioya etmagani uçun qöllanilgan.

Jurnalist Rob Xarrisning ijtimoiy tarmoqlarda yozişiça, uşbu jarimaning yarmi – 20 ming dollar AQŞ futbol federatsiyasi tomonidan tölab beriladi.

Amaldagi qoidalarga köra, Balogun Belgiyaga qarşi keyingi 1/8 final uçraşuvini avtomatik tarzda ötkazib yuborişi kerak edi. Biroq, joriy yilning 5 iyul kuni FIFA Intizom qömitasi Intizom kodeksining 27-moddasiga asosan uning bir öyinlik diskvalifikatsiyasini bir yillik sinov muddati bilan töxtatib qöydi. 

Mazkur modda qömitaga ayrim intizomiy jazolar ijrosini vaqtinça töxtatib turiş huquqini beradi.

“The Guardian” naşrining xabar berişiça, AQŞ Prezidenti Donald Tramp Balogun masalasi yuzasidan FIFA rahbariyati bilan uç marta telefon orqali muloqot qilgan. Trampning özi ham Oq uyda jurnalistlar bilan suhbatda FIFA prezidenti Janni Infantinodan Balogunning diskvalifikatsiyasini qayta körib çiqişni söraganini tasdiqlagan. Infantino esa FIFA’ning intizom organlari mustaqil faoliyat yuritişini takidlagan.

Bu qaror katta bahs-munozaralarga sabab böldi. Belgiya Qirollik futbol assotsiatsiyasi uni “misli körilmagan” va “tuşunarsiz” qaror deb atadi. Belgiya terma jamoasi boş murabbiyi Rudi Garsiya esa bu holatni “1 aprel hazili”ga qiyosladi. Keyinçalik belgiyaliklarning apellyatsiyasi FIFA tomonidan rad etildi.

Eslatib ötamiz, Balogun Belgiyaga qarşi uçraşuvni asosiy tarkibda boşlagan bölişiga qaramay, AQŞ yevropaliklarga 4:1 hisobida imkoniyatni boy berdi va mundialni tark etdi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: