USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

JÇ saralaşi. Falastin alamli tarzda qolib ketdi, Saudiya pley-offda öynaydi

183 марта
JÇ saralaşi. Falastin alamli tarzda qolib ketdi, Saudiya pley-offda öynaydi

Saudiya Arabistoni öz uyida Avstraliyaga yutqazdi va mundialga töğridan töğri yöllanma ololmadi, Eron oxirgi turda ğalaba qozonib, birinçi öringa qaytdi.
Foto: Alaa Al Sukhni/Reuters
10 iyun kuni Osiyo qitasida JÇ-2026 uçinçi saralaş bosqiçi öyinlari yakunlandi.
A guruhida sönggi tur öyinlari amalda rasmiyatçilik uçun ötdi. Özbekiston Qatarni yirik hisobda yengib, öz tarixida saralaş bosqiçidagi eng köp oçko (21) jamğardi. Mundial yöllanmasidan umid uzib ulgurgan Qirğiziston BAAga qarşi öyinda 1:1 hisobida durang öynadi, Eron esa KXDRni yirik hisobda yengib (3:0) guruhda birinçi öringa qaytdi.

B guruhi
Sönggi tur oldidan bu guruhda Janubiy Koreya va Iordaniya töğridan töğri yöllanmani hal qilgandi. Faqat 3-4 örin uçun Iroq, Ömon va Falastin davogarlik qilib turgandi.
Iroq sönggi turda Iordaniya ustidan zafar quçdi, Falastin va Ömon örtasidagi kuraş esa dramatik tus oldi. Bu öyinda Falastinni faqat ğalaba qoniqtirardi, Ömon esa durang bilan ham törtinçi örinni saqlab qolişi mumkin edi.
Falastinliklar ikkinçi bölim boşida Uday Harubning goli evaziga hisobni oçgandi, ammo öyinga qöşib berilgan beşinçi daqiqa tugayotganida mezbonlar darvozasiga penalti belgilandi va Issam Al Sabha penaltini aniq ijro etib, falastinliklarni guruhda qoldirib ketdi.

C guruhi
Bu guruhda esa sönggi tur oldidan töğridan töğri yöllanmalarning faqat bittasi egasini topgandi, Yaponiya ança oldinroq masalani hal qilgandi. Ikkinçi örindagi Avstraliya va uçinçi örindagi Saudiya Arabistoni örtasida uç oçkolik farq saqlanib qolgandi va sönggi turda saudiyaliklar özaro öyinda yirik hisobda ğalaba qozonib, ikkinçi kötarilişi mumkin edi.
Ammo Saudiya öz maydonidagi öyinda hisobda oldinda borayotib, yutqazib qöydi (1:2) va qöşimça imkoniyatdan foydalanadigan böldi.

Şu tariqa uçta guruhdan quyidagi jamoalar JÇ-2026 turniriga töğridan töğri yöllanmaga ega böldi: Yaponiya, Eron, Özbekiston, Iordaniya, Janubiy Koreya va Avstraliya.
Quyidagi olti jamoa esa pley-offda iştirok etadi: : BAA, Qatar, Iroq, Ummon, Saudiya Arabistoni va Indoneziya.
Bu olti milliy jamoa 3 tadan 2 ta guruhga bölinişadi. Öynlar markazlaşgan holda ötkaziladi. Guruhda 1-örinni olgan terma jamoalar JÇ-2026 yöllanmasiga ega bölişadi.
Ikkinçi örinni olganlar özar uçraşişadi, ğolib qitalararo pley offda yana bitta yöllanma uçun harakat qilib köradi. Yanikim, Osiyodan yana ikkita yoki uçta terma jamoa JÇ-2026 iştirokçisiga aylanadi

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: