“Oltin töp” menga berilişi kerak – Fabian Ruis
PSJ va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyaçisi Fabian Ruis joriy mavsumdagi “Oltin töp” mukofotiga loyiq ekanligini aytdi. Bu haqda u TF1 telekanalidagi “Téléfoot” dasturiga bergan intervyusida söz oçdi.
“Jamoaviy darajada hamma narsani yutib oldim. Şu qadar mehnat qilganimdan söng, menga yetişmayotgan yagona sovrin – “Oltin töp”. Bu mukofot butun dunyo tomonidan munosib etirof etilişimga yordam bergan bölar edi”, deydi Ruis.
30 yoşli futbolçi 2025-2026 yilgi mavsumda PSJ bilan Frantsiya çempionati va Çempionlar ligasida, Ispaniya terma jamoasi bilan esa Jahon çempionatida ğolib çiqdi. Şuningdek, u PSJ safida bir mavsumda ham Çempionlar ligasi, ham Jahon çempionatida ğolib çiqqan yagona futbolçi hisoblanadi.
Avvalroq, PSJ klubi boş murabbiyi Luis Enrike ham “Oltin töp”ni parijlik futbolçilardan biri qölga kiritişi kerakligini aytgan va nomzodlar orasida Fabian Ruis hamda Usmon Dembeleni tilga olgan edi.
Eslatib ötamiz, avvalroq “Real Madrid” sobiq futbolçisi Tonni Kross “Oltin töp”ni Xviça Kvaratsxeliya qölga kiritişi kerakligini aytgandi.