Luis Enrike PSJ bilan şartnomasini uzaytirdi
Frantsiyaning “Pari Sen-Jermen” klubi boş murabbiyi Luis Enrike bilan şartnomani uzaytirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Malum qilinişiça, yangi kelişuv 2030 yilgaça amal qiladi. 56 yoşli ispaniyalik mutaxassis parijliklar jamoasini 2023 yil yozida qabul qilib olgan.
Enrike bilan şartnoma uzaytirilişi bilan bir qatorda PSJ beş nafar futbolçisi – Lukas Beraldo, Senni Mayyulu, Joau Neveş, Villian Paço va Fabian Ruis bilan ham yangi bitimlarga erişdi.
Enrike qöl ostida “Pari Sen-Jermen” klub tarixidagi eng muvaffaqiyatli davrlardan birini ötkazdi. Jamoa uç marta Frantsiya çempionati va Superkubogida, ikki martadan Frantsiya Kubogi va Çempionlar ligasida ğolib çiqdi. Şuningdek, parijliklar UEFA Superkubogini ham qölga kiritdi.
Malumot uçun, Enrike faoliyati davomida “Roma”, “Selta” va “Barselona” klublari, şuningdek, Ispaniya milliy terma jamoasini boşqargan.