Saudiya ligasidan ikki futbolçi “Oltin töp”ga nomzodlar röyxatiga kirdi – jurnalist
Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” jamoasi hujumçisi Sadio Mane va “Al-Qodisiya”ning meksikalik forvardi Xulian Kinones “France Football” naşri tomonidan 2026 yilgi “Oltin töp” mukofotiga davogarlarning eng yaxşi 30 taligidan joy oladi. Bu haqda jurnalist va insayder Ben Jeykobsning ijtimoiy tarmoqlarda malum qildi.
Manbaga köra, har ikki futbolçining ötgan mavsumdagi öyinlari, jumladan, Saudiya Arabistoni Pro-ligasi va 2026 yilgi Jahon çempionatidagi iştiroki yuqori baholangan.
Şuningdek, yakuniy qisqa röyxatdan PSJning 10 nafar futbolçisi örin olişi kutilmoqda. Bu bir klub vakili sifatida eng yuqori körsatkiç böladi. Eslatib ötamiz, parijliklar 2025-2026 yilgi Çempionlar ligasida ğolib bölgan.
Ötgan mavsumda 34 yoşli Mane klub va terma jamoa safida 55 ta uçraşuvda maydonga tuşib, 24 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oşirdi. Senegallik futbolçi “Al-Nasr” bilan Saudiya Arabistoni çempionligini qölga kiritdi. Şuningdek, u Senegal terma jamoasi bilan Afrika Millatlar kubogida ğolib çiqdi.
29 yoşli Kinones esa ötgan mavsumda Saudiya Arabistoni Pro-ligasining eng yaxşi töpurari böldi – u çempionatda 33 ta gol urdi.
Meksikalik futbolçi klub va milliy terma jamoa safida barça musobaqalarda 46 ta öyin ötkazib, 41 ta gol va 5 ta golli uzatma qayd etdi.
Meksika terma jamoasi esa 2026 yilgi Jahon çempionatida 1/8 finalga qadar yetib bordi.