Ronaldu töydan keyingi ilk golini urdi
Keça, 21 avgust kuni Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi mahalliy çempionat doirasida “Ar-Riyod”ga qarşi bahs olib bordi. Uçraşuvda “Al-Nasr” hujumçisi Kriştianu Ronaldu 2026-2027 yilgi mavsumdagi ilk golini urdi.
41 yoşli portugaliyalik futbolçi “Ar-Riyod”ga qarşi uçraşuvda jamoasining uçinçi golini urdi va “Al-Nasr”ning 4:0 hisobidagi ğalabasiga hissa qöşdi.
Uçraşuv Saudiya Arabistoni Premer-ligasining yangi mavsumi ikkinçi turi doirasida bölib ötdi. Ronaldu uşbu goli orqali faoliyatidagi 977-golini urdi.
Malumot uçun, Ronaldu 2022 yil dekabr oyidan buyon “Al-Nasr” safida töp surib kelmoqda. 2002-2003 yilgi mavsum professional futbolda debyut qilgan Kriştianu uçun 2026-2027 mavsumi uning professional futboldagi 25-mavsumi böldi.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 11 avgust kuni Ronaldu Jorjina Rodrigesga uylangani haqida xabar berilgan edi. Futbolçi Rodriges bilan 2016 yildan buyon munosabatda bölib keladi. Juftlikning ikki nafar farzandi bor.