Bektemir Meliqöziyev WBA’dan çempionlik jangini talab qildi
Özbekistonlik professional boksçi Bektemir Meliqöziyev WBA yönalişi böyiça çempionlik jangi ötkazişni talab qildi. Bu haqda sportçi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida videomurojaat yöllab, taşkilotning qaroridan noroziligini bildirdi.
Meliqöziyevning aytişiça, u bir neçta saralaş jangida ğalaba qozonib, WBA böyiça rasmiy majburiy davogar maqomini qölga kiritgan. Uning sözlariga köra, WBA va Golden Boy unga navbatdagi jangi çempionlik uçun bölişini kafolatlagan.
“Mungiyani oldinga ötkazişim evaziga keyingi jangim çempionlik jang bölişiga vada berişgan. Hozir esa u WBA reytingida hatto kuçli 15 talikka kirmagan boksçiga qarşi jangga tayyorlanmoqda. Biz qoidalarga amal qilamiz, mehnat qilamiz, ammo navbat bizga kelganda yana qoidalar çetga surilmoqda”, deydi Meliqöziyev.
Boksçining qayd etişiça, u WBA sanktsiyasi ostida 12 ta jang ötkazgan va törtta saralaş bahsida ğalaba qozongan. Meliqöziyev amaldagi çempion Xayme Mungiya bilan jang qilişni eng mantiqiy variant deb hisoblamoqda.
“Mungiya çempion, men esa majburiy davogarman. Bizdan oldin heç kim turmasligi kerak. Mungiya bilan jangimiz haqiqiy tomoşabop va murosasiz bahs böladi, deb öylayman. Bu jang Meksika va Özbekiston boks maktablari örtasidagi katta qarama-qarşilik bölişi mumkin”, deydi özbekistonlik boksçi.
Meliqöziyev şuningdek, “Kanelo – Mbilli” jangi keçasida Mungiyaga qarşi çempionlik bahsi ötkaziş ideal variant bölişini aytgan.
“Men barça jangçilarni hurmat qilaman, ammo endi navbat menga keldi. Köp yillik mehnatim evaziga bu imkoniyatga loyiqman”, deya takidlagan Meliqöziyev.
Malumot uçun, Meliqöziyev WBA reytingining birinçi poğonasidan joy olgan. Özbekistonlik boksçi sönggi jangida ganalik Sena Agbekoni texnik nokaut bilan mağlub etib, WBA qitalararo çempionlik kamarini muvaffaqiyatli himoya qilgandi.