USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Oltin töp”: Lev Yaşin sovrini uçun nomzodlar elon qilindi

101 марта
“Олтин тўп”: Лев Яшин соврини учун номзодлар эълон қилинди

2026 yilgi “Oltin töp” marosimida yilning eng yaxşi darvozaboniga beriladigan Lev Yaşin sovrini uçun nomzodlar malum qilindi. Bu haqda taşkilot rasmiy sahifasi xabar berdi.

Uşbu nominatsiyada quyidagi 10 nafar darvozabon ğoliblik uçun kuraşadi:

  • Yassin Bunu (Marokaş);
  • Tibo Kurtua (Belgiya);
  • Joan Garsiya (Ispaniya);
  • Gregor Kobel (Şveytsariya);
  • Emiliano Martines (Argentina);
  • Eduar Mendi (Senegal);
  • David Rayya (Ispaniya);
  • Matvey Safonov (Rossiya);
  • Unay Simon (Ispaniya);
  • Vozinya (Kabo-Verde).

Nomzodlar röyxatiga Jahon çempionatida Ispaniya bilan ğolib bölgan Unay Simon, Argentina terma jamoasi bilan finalga qadar yetib borgan Emiliano Martines, turnirda katta maşhurlikka erişgan Vozinya, şuningdek, “Real Madrid” darvozaboni Tibo Kurtua kabi tajribali darvozabonlar kiritilgan.

Ayni nominatsiyada ğolibni xalqaro futbol jurnalistlaridan iborat hakamlar hayati aniqlaydi. Har bir ovoz beruvçi uç nafar darvozabonni tanlab, ularga 5, 3 va 1 balldan beradi. Eng köp oçko jamğargan futbolçi sovrin sohibi böladi.

Malumot uçun, 2026 yilgi “Oltin töp” marosimi joriy yilning 26 oktyabr kuni Londonda ötkaziladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: