USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Oltin töp”: Yil murabbiyi sovriniga nomzodlar elon qilindi

142 марта
“Олтин тўп”: Йил мураббийи совринига номзодлар эълон қилинди

“France football” tomonidan 2026 yilgi “Oltin töp” marosimi doirasida yilning eng yaxşi erkak murabbiyi sovriniga nomzodlar röyxati malum qilindi. Uşbu nominatsiyada beş nafar mutaxassis ğoliblik uçun kuraş olib boradi.

Nomzodlar:

  • Mikel Arteta (Arsenal);
  • Luis de la Fuente (Ispaniya MTJ);
  • Unai Emeri (Aston Villa);
  • Vensan Kompani (Bavariya);
  • Luis Enrike (PSJ).

Mikel Arteta “Arsenal” bilan yuqori natijalar qayd etgan bölsa, Unai Emeri “Aston Villa” bilan muvaffaqiyatli mavsum ötkazdi. Vensan Kompani esa “Bavariya” bilan içki çempionatdagi natijalari orqali nomzodlar röyxatidan joy oldi.

Luis de la Fuente Ispaniya terma jamoasi bilan, Luis Enrike esa “Pari Sen-Jermen” bilan erişgan yutuqlari uçun nomzodlar qatoriga kiritildi. Xususan, de la Fuente 2026 yilgi Jahon çempionatida Ispaniya terma jamoasining boş murabbiyi sifatida katta natija qayd etgan.

Qayd etiş joiz, ötgan yilgi “Yilning eng yaxşi murabbiyi” sovrinini “Pari Sen-Jermen” boş murabbiyi Luis Enrike qölga kiritgan edi. Endi ispaniyalik mutaxassis uşbu sovrinni ketma-ket ikkinçi marta yutiş imkoniyatiga ega.

Ğolib joriy yilning 26 oktyabr kuni Londonda bölib ötadigan 2026 yilgi “Oltin töp” marosimida aniqlanadi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: