“Oltin töp”ning asosiy favoriti aniqlandi
“WhoScored” statistika portali 2026 yilgi “Oltin töp”ga nomzod 30 futbolçining örtaça reytinglariga asoslangan holda öz reytingidagi kuçli beşlikni elon qildi. Unga köra, “Inter Mayami” va Argentina terma jamoasi hujumçisi Lionel Messi birinçi örinni egalladi.
“WhoScored” malumotlariga köra, Messining örtaça reytingi 8,28 ballni taşkil etgan. Argentinalik futbolçi 2026 yilgi Jahon çempionatida 8 ta gol va 4 ta golli uzatma qayd etib, terma jamoasi bilan finalga qadar yetib bordi. Uning Jahon çempionatidagi örtaça reytingi 8,82 ball bölgan.
“WhoScored” reytingida kuçli beşlik quyidagiça köriniş oldi:
- Lionel Messi (“Inter Mayami” – Argentina) – 8,28;
- Lamin Yamal (“Barselona” – Ispaniya) – 8,23;
- Harri Keyn (“Bavariya” – Angliya) – 8,14;
- Kilian Mbappe (“Real Madrid” – Frantsiya) – 7,70;
- Erling Holand (“Mançester Siti” – Norvegiya) – 7,53.
Bu Messining faoliyatidagi 17-nominatsiyasi böldi. Bu körsatkiç böyiça u 18 marta nomzod bölgan Kriştianu Ronaldudan keyin ikkinçi örinda turibdi. Messi “Oltin töp” nomzodlari röyxatiga 2023 yildan keyin birinçi marta kiritildi.
Şuningdek, 39 yoşli futbolçi birinçi va oxirgi nominatsiyalari orasida 20 yillik farq bölgan tarixdagi ilk futbolçiga aylandi. Messi ilk bor 2006 yilda “Oltin töp”ga nomzod bölgan.
Argentinalik futbolçi faoliyati davomida “Oltin töp”ni rekord darajada sakkiz marta – 2009, 2010, 2011, 2012, 2015, 2019, 2021 va 2023 yillarda qölga kiritgan.
Malumot uçun, 2026 yilgi “Oltin töp” taqdimot marosimi joriy yilning 26 oktyabr kuni Londonda bölib ötadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq 2026 yilgi “Oltin töp” mukofoti uçun yakuniy 30 nafar nomzodlar röyxati elon qilindi.