USD: 11,973 söm ▲ EUR: 13,437 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 16,113 söm ▲ CNY: 1,796 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,260 söm ▲ USD: 11,973 söm ▲ EUR: 13,437 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 16,113 söm ▲ CNY: 1,796 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,260 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Yangi Toşkentdagi stadion qurilişi qiymati malum böldi

160 марта
Янги Тошкентдаги стадион қурилиши қиймати маълум бўлди

Yangi Toşkent hududida barpo etilayotgan zamonaviy futbol stadioni qurilişi qiymati 100 million dollarga baholanmoqda. Bu haqda “Kyrgyzfootball” naşri xabar berdi.

55 ming tomoşabinga möljallangan stadion FIFA talablariga muvofiq barpo etilmoqda. Arena 2027 yilda Özbekiston va Ozarbayjonda ötkaziladigan 20 yoşgaça bölgan futbolçilar örtasidagi Jahon çempionatining Özbekistondagi asosiy maydoni böladi. Unda musobaqaning yarim final va final uçraşuvlarini ötkaziş rejalaştirilgan.

Olti qavatli majmua tarkibiga asosiy arenadan taşqari uçta maşğulot maydoni, 10 dan ortiq eskalator va 5500 ta avtomobil uçun möljallangan avtoturargoh kiradi. Şuningdek, stadion yaqinida metro bekati qurilişi rejalaştirilgan. Futbolçilar, muxlislar va ommaviy axborot vositalari vakillari uçun zamonaviy infratuzilma yaratiladi.

Stadion qurilişi 2025 yil noyabr oyida boşlangan. 2026 yil iyul oyidagi rasmiy malumotlarga köra, quriliş işlarining 65 foizi bajarilgan.

Loyihaning rasmiy boşlanişi 2025 yil 11 noyabr kuni bölib, öşa kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev stadion qurilişiga tamal toşi qöyiş marosimida iştirok etgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Buxoro tumanida 40 ming tomoşabinga möljallangan zamonaviy futbol stadioni qurilişi rejalaştirilyotgani haqida xabar berilgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: