Yamal Mbappening rekordini yangiladi
“Barselona” yarim himoyaçisi Lamin Yamal 20 yoşgaça bölgan futbolçilar örtasida Çempionlar ligasida gol + pass böyiça Mbappening rekordini yangiladi. Bu haqda “Opta” portali xabar berdi.
19 yoşli ispaniyalik qanot hujumçisi “Feyenoord”ga qarşi uçraşuvda (5:1) ikkita golli uzatma amalga oşirdi va bir marta raqiblar darvozasini işğol qildi.
Uşbu natijadan söng Yamalning Çempionlar ligasidagi hisobi 12 ta gol va 11 ta golli uzatmaga yetdi. U 23 ta golli harakat bilan musobaqa tarixida 20 yoşga tölmagan futbolçilar orasida eng yaxşi natija qayd etdi.
Avvalroq “Barselona” yetakçisi mazkur körsatkiç böyiça “Real Madrid” hujumçisi Kilian Mbappe bilan birga birinçi örinni egallab turgan edi. Frantsiyalik futbolçi 20 yoşga tölguniga qadar 20 ta gol va golli uzatma qayd etgan. Biroq Mbappening hozirgi körsatkiçi 27 ta golli harakatdan iborat bölib, Yamal esa öz rekordini yanada yaxşilaş imkoniyatiga ega.
Şuningdek, Lamin Yamal va “Mançester Siti” hujumçisi Erling Xoland ayni vaqtda dunyoning eng qimmat futbolçilari hisoblanadi. Har ikki futbolçining transfer qiymati 220 million yevro deb baholangan.
Malumot uçun, “Barselona” yangi mavsumdagi dastlabki beşta uçraşuvida, jumladan, Ispaniya çempionatida ham 22 ta gol urdi. Bu kataloniyaliklar uçun 1950 yildan buyon ilk bor qayd etilgan natija böldi.