Olise Peleni rekordini yangiladi
Frantsiya terma jamoasi hujumçisi Maykl Olise bir Jahon çempionatida eng köp golli uzatma beriş böyiça Pelega tegişli rekordni yangiladi.
Frantsiya terma jamoasi Jahon çempionatining uçinçi örin uçun keçgan bahsida Mayami şahrida Angliyaga qarşi maydonga tuşdi. Uşbu uçraşuvda Olise Kilian Mbappega ikki marta — 48 va 66-daqiqalarda golli uzatma berdi.
Bu golli uzatmalardan ikkinçisi Olise uçun joriy mundialdagi yettinçi assist böldi. Şu tariqa u Pele 1970 yilgi Jahon çempionatida örnatgan oltita golli uzatma rekordini ortda qoldirdi.
Malumot uçun, 24 yoşli Maykl Olise Frantsiya terma jamoasi bilan 2024 yilgi Olimpiya öyinlarining kumuş medali va 2024-2025 yilgi UEFA Millatlar ligasining bronza medali sohibi hisoblanadi.
Klublar miqyosida Olise Myunxenning “Bavariya” klubi şarafini himoya qiladi. U mazkur jamoa safida ikki marta Germaniya çempioni, şuningdek Germaniya kubogi va Germaniya superkubogi ğolibi bölgan.