“Arsenal”ning sobiq futbolçisi tarmoqlarda yangi klub qidirmoqda
Angliyalik yarim himoyaçi, “Arsenal”ning sobiq futbolçisi Ovi Ejariya ijtimoiy tarmoqlar orqali yangi klub qidirmoqda. Bu haqda futbolçi özining X tarmoğida yozib qoldirdi.
Joriy yilning 1 iyul kuni “Ovedo” bilan şartnomasi yakuniga yetgaç, erkin agentga aylangan Ejariya ijtimoiy tarmoqda quyidagi xabarni qoldirdi:
“Hozirda erkin agentman va faoliyatimni davom ettiriş uçun mos variant qidiryapman”.
28 yoşli futbolçi özining avvalgi klubi, maydondagi pozitsiyalari, asosan markaziy va çap qanot yarim himoyasida öynaşi haqida malumot bergan.
“Agar sizda biror taklif bölsa yoki yarim himoyaçi yoki çap qanot futbolçisiga muhtoj klubni bilsangiz, iltimos, menga şaxsiy xabar orqali murojaat qiling”, deb yozdi Ejariya.
Ejariya “Arsenal” akademiyasi tarbiyalanuvçisi hisoblanadi. U 2014 yilga qadar londonliklar akademiyasida şuğullangan va keyin “Liverpul” akademiyasiga ötgan. Yarim himoyaçi Premer-ligadagi debyutini 2016-2017 yilgi mavsumda “Liverpul” safida “Uotford”ga qarşi uçraşuvda ötkazgan. U jamoa tarkibida jami ikki marta maydonga tuşgan. Ejariya, şuningdek, “Sanderlend”, “Reynjers” va “Riding” klublarida ham töp surgan.
Malumot uçun, futbolçi 2025-2026 yilgi mavsumni “Ovedo”da ötkazdi. U La Ligada atigi sakkizta uçraşuvda maydonga tuşdi.