USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Dunyo futbolida ilk bor qora kartoçka joriy etildi

351 марта
Дунё футболида илк бор қора карточка жорий этилди

Ruminiya futbol federatsiyasi (FRF) dunyoda birinçi bölib qora kartoçkani joriy etdi. Uşbu çora yoşlar jamoalari öyinlarida ota-onalar va tomoşabinlarning nomaqbul xatti-harakatlariga qarşi kuraşiş maqsadida qöllaniladi. Bu haqda taşkilot rasmiy sayti xabar berdi.

Yangi qoida mahalliy mavsum boşidan 7 yoşdan 16 yoşgaça bölgan futbolçilar iştirokidagi musobaqalarda kuçga kiradi.

Qora kartoçka tomoşabinlarning xatti-harakatlari sababli uçraşuvning muddatidan oldin yakunlanişini anglatadi. Bunda hakam avval öyinni töxtatib, murabbiylardan muxlislarga murojaat qilişni söraydi.

Agar qoidabuzarliklar davom etsa, jamoalar 10 daqiqaga kiyiniş xonasiga yuboriladi. Uçraşuv qayta boşlanganidan keyin ham nomaqbul xatti-harakatlar takrorlansa, hakam qora kartoçka körsatadi va öyinni muddatidan oldin yakunlaydi.

“FRF’ning pozitsiyasi aniq: bolalar tribunadagi kattalarning ambitsiyalari, bosimi yoki noroziligi qurboniga aylanmasligi kerak. Qora kartoçka tomoşabinlar yoki ota-onalarning nomaqbul xatti-harakatlari tufayli hakamga öyinni muddatidan oldin yakunlaş uçun vizual signal bölib xizmat qiladi. Bunday xatti-harakatlar nafaqat öyinni buzadi, balki bolalar va butun jamoaga bevosita tasir qilişi mumkin”,  deyiladi federatsiya bayonotida.

Uşbu tartib ota-onalar va tomoşabinlar tomonidan bolalar, murabbiylar, hakamlar, uçraşuv rasmiylari va boşqa muxlislarga nisbatan oğzaki haqorat, qöpol sözlar, janjal, turtiş va boşqa tajovuzkor xatti-harakatlar sodir etilgan holatlarda qöllaniladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: