USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

FIFA Paredesga körsatilgan qizil kartoçkani bekor qildi

234 марта
FIFA Паредесга кўрсатилган қизил карточкани бекор қилди

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) Jahon çempionati finalidan söng Argentina terma jamoasi yarim himoyaçisi Leandro Paredesga körsatilgan qizil kartoçkani bekor qildi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Avvalroq, Paredes Ispaniyaga qarşi final uçraşuvidan keyin ispaniyalik futbolçilar bilan janjallaşib qolgandi. Öyindan keyin Paredes avval himoyaçi Erik Garsiyaning böynidan uşlagan, söngra yarim himoyaçi Gavini itarib yuborgan. Şundan keyin, Argentina terma jamoasi futbolçilari uni tinçlantirişga harakat qilgan.

Dastlab FIFA Paredesga qizil kartoçka körsatilganini rasman qayd etgan edi. Biroq keyinçalik uşbu kartoçka rasmiy bayonnomadan çiqarib taşlandi. FIFA BBC’ga bergan izohida futbolçiga nisbatan heç qanday intizomiy çora qöllanilmaganini tasdiqlagan.

Şuningdek, FIFA Argentina terma jamoasi Jahon çempionati yarim finalida Angliya ustidan qozonilgan 2:1 hisobidagi ğalabadan keyin “Malvinalar argentinaliklarniki” degan yozuv tuşirilgan banner bilan nişonlagani yuzasidan ham tekşiruv boşlagan.

Eslatib ötamiz, Ispaniya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon çempionati finalida Argentinani qöşimça vaqtda 1:0 hisobida mağlub etib, öz tarixida ikkinçi marta jahon çempioniga aylangan edi.

Изоҳ қолдириш

    • Mikel 21 Iyul 2026 14:35
      Nimaga bekor qilgan sababi bormi. Shu haqida batafsil izoh bersangizlar rahmat oldindan.

Мавзуга алоқадор: