Rafinya La Ligada avgust oyining eng yaxşi futbolçisi deb topildi
“Barselona” hujumçisi Rafinya La Liganing avgust oyidagi eng yaxşi futbolçisi deb topildi. Bu haqda musobaqa matbuot xizmati xabar berdi.
Ispaniya çempionatining rasmiy sayti xabar berişiça, braziliyalik futbolçi mavsum boşidagi samarali öyini evaziga uşbu individual sovringa sazovor bölgan.
Joriy yilning avgust oyida Rafinya La Ligada uçta uçraşuvda maydonga tuşib, beşta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oşirdi.
Malumot uçun, 2026-2027 yilgi mavsumda kataloniyaliklar boş murabbiyi Xans-Diter Flik 29 yoşli futbolçidan odatiy hujum qanotida emas, asosan markaziy hujumçi sifatida foydalanmoqda.
Tört turdan söng braziliyalik hujumçi 6 ta gol va bitta assist bilan töpurarlar jadvalida yetakçilik qilmoqda.
“Barselona” esa Ispaniya La Ligasi turnir jadvalida 4 ta turdan söng maksimal 12 oçko jamğargan holda peşqadamlik qilmoqda.