Lamin Yamal La Liganing eng yaxşi futbolçi deb topildi
“Barselona” va Ispaniya terma jamoasi qanot hujumçisi Lamin Yamal Ispaniya futbolçilari assotsiatsiyasi (AFE) tomonidan 2025-2026 yilgi La Liga mavsumining eng yaxşi futbolçisi deb topildi. Bu haqda AFE matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda malum qildi.
Mazkur mukofot Ispaniya futbolida turli darajalarda töp tepayotgan eng yaxşi futbolçilarga topşiriladi. Ğoliblar futbolçilarning özaro ovoz berişlari orqali aniqlanadi.
Ötgan mavsumda 19 yoşli Yamal Ispaniya çempionatida 28 ta uçraşuvda maydonga tuşib, 16 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oşirdi.
Malumot uçun, Yamal 2023 yildan buyon “Barselona”ning asosiy jamoasida öynab kelmoqda. U 16 yoş 38 kunligida La Ligada XXI asrda maydonga tuşgan eng yoş futbolçiga aylangan. Futbolçining “Barselona” bilan amaldagi şartnomasi 2031 yil 30 iyunga qadar möljallangan. “Transfermarkt” malumotlariga köra, Yamalning ayni paytdagi bozor qiymati 220 million yevroni taşkil etadi.