“Siti” 1 kişi kam bölib derbida ğalaba qozondi
Keça, 13 sentyabr kuni “Mançester Siti” Angliya çempionatining törtinçi turida safarda “Mançester Yunayted”ni 1:0 hisobida mağlub etdi.
Uçraşuvdagi yagona golni Erling Holand 60-daqiqada urdi. “Mançester Siti” 23-daqiqadan boşlab bir kişi kam bölib qoldi. Yarim himoyaçi Fil Foden raqib jamoa yarim himoyaçisi Bruno Fernandeşning qorniga tepgani uçun sportga xos bölmagan xatti-harakatda ayblanib, maydondan çetlatildi. Özbekiston milliy terma jamoasi azosi Abduqodir Husanov öyinda zaxira örindiğida qoldirildi.
Holand bu goli bilan Angliya Premer-ligasining eng yaxşi töpurarlari röyxatida 4 ta gol bilan yakka özi peşqadamga aylandi. Norvegiyalik hujumçi “Mançester Yunayted”ga qarşi öyinlardagi 9-golini urdi. U Mançester derbisidagi gollar soni böyiça faqat Frensis Li va Jo Xeys (10 tadan), Ueyn Runi (11 ta)dan ortda qolmoqda.
Şuningdek, Holand Angliya Premer-ligasida 1992 yildan buyon ikki jamoa örtasidagi öyinlarda eng köp gol urgan futbolçi hisoblanadi. U bu körsatkiç böyiça Ueyn Runi va argentinalik Serxio Agueroga (8 tadan) ortda qoldirdi.
Malumot uçun, tört turdan söng 12 oçko töplagan yagona jamoalar “Mançester Siti” va “Arsenal” bölib turibdi. “Mançester Yunayted” esa 4 oçko bilan 13-örinda bormoqda. Endilikda “qizil iblislar” joriy yilning 20 sentyabr kuni safarda “Fulxem”ga qarşi öynaydi. Şu kuni “Mançester Siti” öz maydonida “Sanderlend”ni qabul qiladi.