USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Germaniyalik tennisçi  “US Open” çempioni böldi

66 марта
Германиялик теннисчи  “US Open” чемпиони бўлди

Germaniyalik tennisçi Aleksandr Zverev keça, 13 sentyabr kuni “US Open” turniri final uçraşuvida amerikalik tennisçi Ben Şeltonni mağlub etdi va musobaqa ğolibligini qölga kiritdi.

Uçraşuv 6:3, 7:6 (7:2), 5:7, 6:2 hisobida Zverev foydasiga yakunlandi. U musobaqada birinçi, Şelton esa sakkizinçi raqamli tennisçi sifatida iştirok etdi.

Bu Zverevning “Katta dubulğa” turnirlaridagi ikkinçi ğalabasi böldi. U 2026 yilda “Rolan Garros” çempionligini ham qölga kiritgan. Zverev “Katta dubulğa” turnirlarida olti marta finalga çiqqan bölib, ularning ikkitasi şu mavsumga töğri kelgan. Zverev faqat Avstraliya oçiq çempionatida çempionlik uçun kuraşa olmadi va yarim finalda ispaniyalik Karlos Alkarasga mağlub böldi.

Erkaklar örtasidagi “US Open” turnirida qariyb 20 yildan beri heç bir tennisçi öz çempionligini himoya qila olmagan. Bu oxirgi marta 2004 yildan 2008 yilgaça turnirda ğolib çiqqan şveytsariyalik Roje Federerda sodir bölgan. Şundan beri heç bir tennisçi turnirda ketma-ket ikki marta ğolib çiqmagan. Ötgan yilgi ğolib Alkaras esa joriy turnirda çorak finalda Şeltonga mağlub böldi.

29 yoşli Zverev Professional tennisçilar assotsiatsiyasi (ATP) jahon reytingida ikkinçi örinda turadi. Hozirda uning hisobida ATP yakkalik bahslarida 26 ta çempionlik bor.

Malumot uçun, Zverev ikki marta “US Open” (2020, 2026) va “Rolan Garros” (2024, 2026) musobaqalarida finalga çiqqan. Şuningdek, u Avstraliya oçiq çempionati (2025) va Uimbldon (2026) musobaqalarida bir martadan finalda iştirok etgan. Zverev ikki karra ATP Finals çempioni (2018, 2021) hamda 2021 yilgi Tokio Olimpiadasida yakkalik bahslarida oltin medal sohibi bölgan.

23 yoşli Şelton hozirda jahon reytingida 9-örinda turibdi, ammo turnirdan söng ilk bor 4-öringa kötariladi. Amerikalik tennisçi ATP yakkalik bahslarida yetti marta ğolib çiqqan va faoliyatida ilk bor “Katta dubulğa” turniri finaliga çiqqan. Bunga qadar Şelton ikki marta yarim finalga yetib borgan: “US Open” (2023) va Avstraliya oçiq çempionati (2025).

“US Open” mavsumning sönggi “Katta dubulğa” turniri hisoblanadi. Musobaqa qattiq qoplamali kortlarda ötkaziladi. Uning sovrin jamğarmasi rekord darajadagi 108 million dollarni taşkil etdi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: