USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Ayollar örtasidagi “US Open” finalçilari aniq böldi

96 марта
Аёллар ўртасидаги “US Open” финалчилари аниқ бўлди

Qozoğistonlik Yelena Ribakina va belaruslik Arina Sobolenko AQŞ Oçiq çempionatining final uçraşuvida özaro töqnaş keladigan böldi. 

Musobaqa Nyu-Yorkda bölib ötmoqda. Yarim finalda ikkinçi raqam ostida saralangan Ribakina törtinçi raqamli amerikalik Koko Gauffni 3:6, 6:4, 6:4 hisobida mağlub etdi. Birinçi raqam ostidagi Sobolenko esa uçinçi raqamli amerikalik Jessika Pegulani 7:5, 6:2 hisobida taslim qildi.

Final uçraşuvi ertaga, 12 sentyabr kuni bölib ötadi. 27 yoşli Ribakina musobaqa yakunlariga köra Sobolenkoni ortda qoldirib, WTA reytingida birinçi öringa kötariladi. Qozoğistonlik tennisçi faoliyati davomida WTA turkumidagi 13 ta yakkalik musobaqasida ğolib çiqqan. U 2022 yilda “Uimbldon”, 2026 yilda esa “Australian Open” turnirida çempion bölgan. Şuningdek, Ribakina 2025 yilda WTA Finals musobaqasida ham ğoliblikni qölga kiritgan.

28 yoşli Sobolenko esa 2024 yil oktyabr oyidan buyon WTA reytingida yetakçilik qilib kelayotgandi. Belaruslik tennisçi yakkalik bahslarda 24 ta titulni qölga kiritgan.

Sobolenko “Katta dubulğa” turkumidagi yakkalik bahslarida tört marta – “Australian Open”da 2023 va 2024 yillarda, “US Open”da esa 2024 va 2025 yillarda çempion bölgan. Juftlik bahslarida ham u 2019 yilda “US Open”, 2021 yilda “Australian Open” turnirida ğolib çiqqan. Mazkur final Sobolenko uçun “US Open”dagi ketma-ket törtinçi final böladi.

Malumot uçun, “US Open” mavsumdagi sönggi “Katta dubulğa” turniri hisoblanadi. Bu yilgi musobaqa joriy yilning 13 sentyabr kuni yakunlanadi. Sobolenko amaldagi çempion hisoblanadi. Turnirning sovrin jamğarmasi rekord darajadagi 108 million dollarni taşkil etadi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: