USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Ronaldu Jotani masxara qilgan muxlislarni jazolaşga çaqirdi

105 марта
Роналду Жотани масхара қилган мухлисларни жазолашга чақирди

Beş karra “Oltin töp” sohibi Kriştianu Ronaldu Saudiya Arabistoni Futbol Ligasini “Al-Hilol”ga qarşi öyinda “Al-Taavun” muxlislarining xatti-harakatlariga munosib baho berişga çaqirdi. Bu haqda Ronaldu “LiveMode TV”ning Instagram’dagi postiga izoh qoldirdi.

Uçraşuv joriy yilning 12 sentyabr kuni bölib ötdi va “Al-Hilol”ning 6:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi. Öyin davomida “Al-Taavun” muxlislari “Al-Hilol”ning portugaliyalik yarim himoyaçisi Ruben Neveşni uning marhum vatandoşi Diogu Jotaning nomini tilga olib, jahlini çiqarişga urindi. Futbolçi esa bunga javoban osmonga işora qildi. Manba uşbu işorani “Xudo hamma narsani körib turibdi” deya talqin qilgan.

“Liga bu holat böyiça çora körişi va muxlislarni bunday xatti-harakatlari uçun jazolaşi kerak. Bu endi futbol emas. Qabul qilinişi mumkin bölgan xatti-harakatlarning çegarasi bölişi kerak. Bunday yöl tutgan insonlar heç qaçon stadionga kiritilmasligi lozim”,  deb yozdi Ronaldu.

Malumot uçun, Diogu Jota 2025 yil iyul oyida ukasi bilan birga yöl-transport hodisasida halok bölgan. Öşa vaqtda portugaliyalik futbolçi 28 yoşda edi.

Jota 2020 yildan buyon “Liverpul” safida töp tepib kelgan. U jamoa bilan Angliya çempionati, Angliya Kubogi va Liga Kubogida ğolib çiqqan. Şuningdek, Portugaliya terma jamoasi bilan ikki marta Millatlar ligasida çempion bölgan.

Jota faoliyati davomida Ispaniyaning “Atletiko Madrid”, Portugaliyaning “Portu” va Angliyaning “Vulverxempton Uonderers” klublarida ham öynagan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: