Holandning “Mançester Yunayted”ga qarşi öyinda urgan goli xato deb topildi
Angliya Premer-ligasi öyinlarida hakamlikni nazorat qiliş uçun masul bölgan Pro Ref taşkiloti norvegiyalik “Mançester Siti” hujumçisi Erling Holandning “Mançester Yunayted”ga qarşi öyinda urgan goli notöğri hisoblanganini tan oldi. Bu haqda Pro Ref bayonotiga tayanib, jurnalist Ben Jeykobs özining X sahifasida xabar berdi.
Taşkilot malum qilişiça, videotakror (VAR) hakamlari gol urilgan epizodda ofsayd holatida bölgan “Mançester Siti”ning argentinalik yarim himoyaçisi Entso Fernandesning roli va pozitsiyasini notöğri baholagan. Şu sababli VAR asosiy hakamga epizodni qayta körib çiqişni tavsiya qilişi kerak edi.
“Biz bugun keçqurun xatoni tan oliş uçun “Mançester Yunayted” bilan boğlandik. Hodisa yuzasidan tergov olib boriladi”, deyiladi bayonotda.
Uçraşuv keça, 13 sentyabr kuni bölib ötdi. Unda 23-daqiqadan boşlab bir kişi kam bölib qolişiga qaramay “Mançester Siti” ğalaba ğalaba qozondi. Öyindagi yagona golni Holand urdi.