«Xorazm» PFK Sergey Tokov bilan şartnomani bekor qildi
14-09-2026, 22:56
179 марта
«Xorazm» PFK Sergey Tokov bilan şartnomani bekor qildi«Xorazm» professional futbol klubida boş murabbiylar ştabida özgariş yuz berdi.
Klub matbuot xizmati malum qilişiça, jamoa boş murabbiyi Sergey Tokov boşçiligidagi murabbiylar ştabi bilan özaro kelişuv asosida tuzilgan mehnat şartnomasi bekor qilingan.
Şu tariqa, Sergey Tokov «Xorazm» PFK boş murabbiyi sifatidagi faoliyatini yakunladi.
Klub rahbariyati Sergey Tokov hamda murabbiylar ştabi azolariga jamoa rivoji yölidagi mehnati va klubga qöşgan hissasi uçun minnatdorlik bildirdi.
Şuningdek, «Xorazm» PFK sobiq boş murabbiyi va uning murabbiylar ştabiga kelgusi professional faoliyatida muvaffaqiyat va omad tilagan.
Eslatib ötamiz, jamoaga yangi boş murabbiy etib mahalliy mutaxassis Vali Sultonov tayinlangan. U mavsumning qolgan uçraşuvlarida «Xorazm»ni boşqaradi.
Endi jamoa oldida mavsumning qolgan qismini munosib ötkaziş va yuqori natijalar qayd etiş vazifasi turibdi.