Sergey Tokov: "Yoş raqibning kattalarga qarşi öynaşdan qörqmagani menga yoqdi"
25-05-2026, 06:25
189 марта

Sergey Tokov: "Yoş raqibning kattalarga qarşi öynaşdan qörqmagani menga yoqdi"
Özbekiston kubogi "F" guruhi 3-turidan örin olgan “Qoraqalpoğiston FA” — “Xorazm” (3:6) uçraşuvidan söng mehmonlar boş murabbiyi Sergey Tokov matbuot anjmunida iştirok etdi.
– Uçraşuv haqida fikrlaringiz qanday?
– Öyin juda qiziqarli ötdi, eng asosiysi – muxlislar xursand, köplab gollar urildi, çiroyli gollar böldi. Köproq gol urmoqçi edik, lekin... kimdir öyinga ruhiy tomondan töliq tayyor bölmagan körinadi. Yoş yigitlarni maydonga tuşirdik, ularda vaziyatlar juda köp böldi, ammo bu vaziyatlarni golga aylantiriş uçun hozirça mahorat yetişmayotgani körinib turibdi.

Umuman olganda, barçani birinçi yarim yillik yakuni bilan tabriklamoqçiman. Davrani ğalaba bilan yakunladik, bu ham juda yaxşi. Eng muhimi, bu öyindagi asosiy vazifamiz muxlislarni xursand qiliş edi. Gol urişga ham, ötkazib yuborişga ham ulgurdik. Men öylaymanki, eng asosiysi – muxlislar öyindan mamnun. Oldinga harakat qilişda davom etamiz.
– Raqib haqida nima deya olasiz?
– Raqib – yoş yigitlar, ularda iştiyoq yuqori ekanligi körinib turibdi. Umuman olganda, kattalar jamoasiga qarşi öynaşdan qörqmaganliklari menga yoqdi. Ular çiroyli gollar urişdi. Qanot vingeri, yigirmançi raqam, juda tezkor va tirişqoq yigit ekan. Aslida, qarşilik körsata oladigan bunday jamoalarga qarşi öynaş yanada qiziqroq. Öylaymanki, bu muxlislarga ham quvoniş uçun qandaydir turtki beradi, muxlislar raqibning munosib qarşilik körsatişini baribir yaxşi körişadi. Raqib munosib öyin körsatdi, ularga ham omad tilayman. Ular özlarining Birinçi ligasida bejizga peşqadam emaslar. Murabbiylariga ham qoyil, yigitlarni ruhiy tomondan yaxşi tayyorlayotgani bilinib turibdi, yigitlar ham irodali ekan. Ularga faqat omad tilaymiz.