Hakim Fuzaylov: "Kuraş hali töxtagani yöq"
17-10-2025, 21:59
200 марта

Hakim Fuzaylov: "Kuraş hali töxtagani yöq"
Superliga 25-turidan örin olgan "Maşal" - "Xorazm" (0:3) uçraşuvidan söng "Xorazm" boş murabbiyi Hakim Fuzaylov matbuot anjumanida iştirok etdi.- Öyin haqida fikringiz?
- Avvalambor futbolçilarimizga katta rahmat. Bugun maydonga tuşgan hamma qattiq mehnat qildi, ğalabaga bölgan iştiyoq şundoq körinib turdi. Natijada yirik hisobda ğalaba qozondik. Lekin kuraş hali töxtagani yöq, oldinda yanayam muhim bahslar kutmoqda.
- Fubolçilarni almaştiriş borasida fikringiz?
- Bizga şunga majbur edik, çunki kimdir toliqib qoldi, kimdir kiçik jarohat oldi. Beş kundan yana öyin ötkazamiz, hammaning soğliği haqida öylaşimiz lozim. Bu örinda tezroq tiklanib olişimiz kerak böladi.
- Sizningça, "Xorazm" xavfli hududni tark etdimi?
- Yöq hali. Biz hamon qiyin vaziyatdamiz. Borgan sari öyinlar kam qolyapti, kuraşmasak bölmaydi. Bugun olti oçkoli öyinni ötkazdik. Agar yutqazib qöyganimizda juda qiyin vaziyatga tuşib qolgan bölardik. Superligada qoliş uçun astoydil kuraş ketyapti, biz ham harakat qilişda davom etamiz.
- Xuddi birinçi davradagi kabi bugun ham jamoangiz "Maşal"ni 3:0 hisobida mağlub etdi. Şu haqda fikringiz?
- Har ikki davrada "Maşal"ni mağlub etgan bölsak-da, bu oson bölib qolgani yöq. Ikkala uçraşuv ham qiyin ötdi. Kim birinçi gol ursa ustunlik şu jamoaga ötdi. Yana bir bor şogirdlarimga ğalaba uçun rahmat.