
Hakim Fuzaylov: "Bugungi mağlubiyat uçun hamma aybni özimga olaman"
Özbekiston Kubogi 1/8 finaldan örin olgan "Xorazm" - "Navbahor" (1:3) uçraşuvidan söng matbuot anjumanida "Xorazm" boş murabbiyi Hakim Fuzaylov iştirok etdi.
- Öyin borasida hozir fikr bildirişni istamayman. Çunki bu çempionat öyinlari bilan qöşib hisoblaganda ketma-ket törtinçi mağlubiyat böldi. Futbolda şunday qoida bor: agar jamoa yutqazsa aybdor boş murabbiy böladi. Bugungi mağlubiyat uçun aybni töliq özimga olaman. Ortiqça heç narsa gapirmoqçi emasman. Mağlubiyatning eng birinçi aybdori menman. Vaziyatni örganamiz, öz işimni tahlil qilib çiqaman, qayerdadir xatoga yöl qöydim deb öylayman. Iltimos, savol bermanglar boşqa gapirişni istamayman. Hammaga rahmat.