USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Hakim Fuzaylov: "Amaldagi çempiondan bir oçko oldik, bundan xursandmiz"

356 марта
Hakim Fuzaylov: "Amaldagi çempiondan bir oçko oldik, bundan xursandmiz"

Superliga 8-turidan örin olgan "Xorazm" - "Nasaf" bahsidan söng ötkazilgan matbuot anjumanida "Xorazm" boş murabbiyi Hakim Fuzaylov iştirok etdi.

- Öyin haqida avvalo şuni aytişim mumkin, bugun amaldagi çempionga qarşi bahs olib bordik. "Nasaf" juda yaxşi şakllangan jamoa va ular bilan oson bölmasligini bilardik. Futbolçilarimga oxirigaça kuraşişgani uçun rahmat aytaman. Töğri, xatolar böldi, çunki "Nasaf"dek jamoa baribir xato qilişga undaydi. Ammo durang uçun xursandmiz, buning uçun şogirdlarimga rahmat. Öyindan va natijadan qoniqdim. Bugun yutişimiz ham, yutqazib qöyişimiz ham mumkin edi. Yakunda esa bahs 1:1 hisobida yakun topdi. Oğir öyindan keyin futbolçilarda çarçoq körindi. Heçqisi yöq, dam olib keyingi uçraşuvga hozirlik körişni boşlaymiz.
- "Xorazm" jamoasi keyingi öyinlarga jismonan tayyormi?
- Navbatdagi uçraşuvni 11 may kuni safarda "Navbahor"ga qarşi ötkazamiz. Oldinda hali 9 kun borligini hisobga olsak, öylaymanki, yetarliça dam oliş va bu öyinga tayyorgarlik uçun vaqtimiz böladi. Eng avvalo biz uçun tezroq tiklanib oliş zarur. Şundan söng maşğulotlarga va öyinimizni yanada yaxşilaşga etibor qaratamiz. Jamoamizning jismoniy holati yomon emas, faqat bazi öyinlar tiğiz paytga töğri kelib qolgani uçun biroz çarçoq sezildi. Öylaymanki, tez orada bu çarçoq ham ortda qoladi

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: