Dembele va Mbappe örtasida keskinlik yuzaga keldi
Frantsiya terma jamoasi futbolçilari Kilian Mbappe va Usmon Dembele örtasida sönggi bayonotlardan keyin keskinlik yuzaga keldi. Bu haqda “L’Équipe” naşri xabar berdi.
Bir neça kun avval Mbappe özini Dembele bilan soliştirib, Usmonni barça iqtidorli futbolçi deb bilişini, ammo uni “tanlangan futbolçi” deb hisoblaşini aytgandi. Şundan söng Dembele öz faoliyati davomida köp mehnat qilganini va “tanlangan futbolçi” emasligini takidladi.
“L’Équipe” naşri yozişiça, Dembele Mbappening uşbu sözlaridan norozi bölgan. Manbaga köra, ikki futbolçi 15-16 yoşlaridan buyon döst bölib keladi. Biroq Mbappening ayrim bayonotlari sönggi yillarda Dembeleni bir neça bor ranjitgan.
Şu bilan birga, ular örtasida ommaviy axborot vositalari orqali boşqa bayonotlar almaşinuvi bölmasligi qayd etilgan.
Malumot uçun, Kilian Mbappe va Usmon Dembele Frantsiya terma jamoasining asosiy tarkib futbolçilari hisoblanadi. Joriy yilgi Jahon çempionatida Kilian Mbappe 7 ta uçraşuvda 10 ta gol va 4 ta assist qayd etgan bölsa, Usmon Dembele 7 ta bahsda 5 ta gol va 3 ta assistni öz hisobiga yozib qöydi. Mbappe musobaqa töpurariga aylandi.