Qozoğiston tarixda ilk bor yevrokubok finaliga mezbonlik qiladi
UEFA Ijroiya qömitasi Ostonadagi “Astana Arena” stadionini 2028 yilgi UEFA Superkubogi ötkaziladigan maydon sifatida tasdiqladi. Bu haqda UEFA matbuot xizmati xabar berdi.
Şu tariqa, 2028 yil avgust oyida qozoğistonlik muxlislar mamlakat poytaxtida Çempionlar ligasi ğolibi va Yevropa ligasi ğolibi örtasidagi bahsni tomoşa qiliş imkoniga ega böladi. Şuningdek, mazkur uçraşuv UEFA homiyligidagi eng şarqiy sovrin uçun bahs böladi.
Bunga qadar uşbu maqom 2019 yilda “Çelsi” va “Arsenal” örtasidagi Yevropa ligasi finaliga mezbonlik qilgan Baku şahriga tegişli edi.
UEFA Superkubogi mezboni sifatida Ostona tanlanganidan taşqari, 2028 yilgi yevrokubok finallari ötkaziladigan stadionlar ham tasdiqlandi. Çempionlar ligasi finali Myunxendagi “Alyants Arena”da, Yevropa ligasi finali esa Buxarestdagi Milliy stadionda bölib ötadi.
2009 yilda qurilgan “Astana Arena” uçun bu tarixdagi eng nufuzli uçraşuv böladi. Uşbu stadionda avval “Astana” iştirokidagi Çempionlar ligasi guruh bosqiçi öyinlari, şuningdek, Qozoğiston milliy terma jamoasining bahslari ötkazilgan.
Malumot uçun, 1998 yildan 2012 yilgaça UEFA Superkubogi Monakodagi “Lui II” stadionida muntazam ötkazilgan. 2013 yildan esa UEFA uşbu uçraşuvga mezbonlik qiliş huquqini Yevropaning turli şaharlariga taqsimlab kelmoqda. Qozoğiston 2028 yilgi bahs bilan UEFA Superkubogiga mezbonlik qilgan 16-mamlakatga aylanadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq “Barselona” jamoasining uy stadioni hisoblanadigan “Kamp Nou” 2029 yilgi Çempionlar ligasi finalini qabul qilişi haqida xabar berilgandi.