USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Mbappe PSJga 60 ming yevro tölaydigan böldi

83 марта
Мбаппе ПСЖга 60 минг евро тўлайдиган бўлди

Parij Apellyatsiya sudi “Real Madrid” hujumçisi Kilian Mbappega 2025 yilda jamoaning bank hisoblarini xatlattirgani uçun “Pari Sen-Jermen”ga 60 ming yevro tovon puli tölaş majburiyatini yukladi. Bu haqda “L’Equipe” xabar berdi.

Avvalroq, Parij Mehnat sudi PSJni Mbappega 61 million yevro miqdorida kompensatsiya tölaşga majburlagan edi. Sud mazkur qarorni futbolçi bilan şartnoma 2024 yilda yakunlanganidan söng klub unga bonuslar va iş haqining bir qismini tölamagani sababli çiqargan.

27 yoşli Mbappe 2024 yildan buyon “Real Madrid” safida töp tepmoqda. U 2024-2025 yilgi mavsumda madridliklar bilan Ispaniya Superkubogi va Qitalararo kubokni qölga kiritdi.

Frantsiyalik hujumçi 2018–2024 yillarda PSJ şarafini himoya qilgan va klub tarixidagi eng yaxşi töpurar hisoblanadi. U parijliklar bilan olti marta Frantsiya çempioni bölgan, tört marta Frantsiya Kubogi va uç marta Frantsiya Superkubogida ğolib çiqqan.

Mbappe Frantsiya terma jamoasi bilan 2018 yil Rossiyada ötkazilgan Jahon çempionatida ğolib çiqqan. 2022 yil Qatardagi mundialda esa kumuş medalni qölga kiritgan. U Jahon çempionatlari tarixida 22 ta gol bilan musobaqa töpurarlari orasida eng yuqori körsatkiç qayd etgan futbolçi hisoblanadi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: