USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

«Xorazm» OKMKga mağlub bölib, Özbekiston Kubogini tark etdi

154 марта
«Xorazm» OKMKga mağlub bölib, Özbekiston Kubogini tark etdi

Bugun, 16 sentyabr kuni Özbekiston Kubogining 1/8 final bosqiçidan örin olgan uçraşuvlar yakunlandi.
Olmaliq şahridagi «OKMK SM» stadionida «OKMK» va «Xorazm» jamoalari örtasidagi bahsda maydon egalari 2:1 hisobida ğalaba qozondi.

Uçraşuvdagi dastlabki gol 60-daqiqada penaltidan urildi. «OKMK» hujumçisi Siyovaş Haqnazari penaltini aniq amalga oşirib, jamoasini oldinga olib çiqdi.

«Xorazm» 86-daqiqada hisobni tenglaştirdi. Zaxiradan maydonga tuşgan Umidbek Sultonov raqib darvozasini işğol qilib, 1:1 hisobini yuzaga keltirdi.

Biroq uçraşuvning asosiy vaqtiga qöşib berilgan 10-daqiqada «OKMK» yana penalti işlab oldi. Siyovaş Haqnazari ikkinçi bor 11 metrlik jarima zarbasini aniq amalga oşirib, jamoasiga 2:1 hisobidagi ğalabani taqdim etdi.

Şu tariqa, «Xorazm» Özbekiston Kubogining 1/8 final bosqiçida musobaqani yakunladi. «OKMK» esa çorak finalga yöl oldi.

Özbekiston Kubogi. 1/8 final
«OKMK» — «Xorazm» — 2:1
⚽️ Gollar: Siyovaş Haqnazari 60, 90+10 (pen.) — Umidbek Sultonov 86.

16 sentyabr, 2026 yil. Olmaliq, «OKMK SM» stadioni.

Boş hakam — Umidjon Rahimjonov.
«Xorazm» tarkibida darvozani Umidjon Ergaşev qöriqladi. Asosiy tarkibda Abbosjon Otaxonov, Nurjahon Muzaffarov, Sardor Azimov, Rafael Tavares, Maksim Şiryayev, Sunnatulloh Hamidjonov, Suhrob Izzatov, Azizjon Ahrorov, Abror Xösinov va Rafael Sabino dos Santos ham maydonga tuşdi.
Zaxiradan esa Nikolo Stoşiç, Ravşanbek Sultonov, Timur Ismoilov, Danila Yejov, Daniil Nugumaov, Sarvar Bekçanov, Ismandiyar Ummatov, Azizbek Pirmuhammedov va Umidbek Sultonov iştirok etdi.
«Xorazm» uçun Kubok bahsi şu tariqa yakunlandi. Jamoa endi etiborini milliy çempionatdagi uçraşuvlarga qaratadi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: