Laporta JÇ-2030 finalini “Kamp Nou”da ötkazişni taklif qildi
“Barselona” prezidenti Joan Laporta 2030 yilgi Jahon çempionati finalini Kataloniya klubining uy stadioni – “Kamp Nou”da ötkazişni xohlamoqda. Bu haqda Laporta “SER Catalunya” naşriga bergan intervyusida söz oçdi.
“Final Marokaş yoki Madridda ötkazilmasligi kerak. U “Kamp Nou”da bölişi lozim. Bundan taşqari, Jahon çempionati finali avval “Santyago Bernabeu”da ötkazilgan. Marokaşga kelsak, final Ispaniyada bölişi kerak, çunki ular sönggi Jahon çempionatida ğolib bölişgan”, deydi Laporta.
Malumot uçun, 2030 yilgi Jahon çempionati Ispaniya, Portugaliya va Marokaşda ötkaziladi. Final uçraşuvi uçun asosiy nomzodlar qatorida Madriddagi “Santyago Bernabeu” va Marokaşdagi stadionlar ham bor.
Eslatib ötamiz, avvalroq 2029 yilgi UEFA Çempionlar ligasi finali “Kamp Nou” stadionida ötkazilişi malum qilingan edi.