Germaniyalik velosportçisi kiyik bilan töqnaşuvdan söng vafot etdi
Germaniyalik velosportçisi Maks Rize 36 yoşida Avstriya çegarasi yaqinida kiyik bilan sodir bölgan töqnaşuv oqibatida vafot etdi. Bu haqda “Der Spiegel” jurnali xabar berdi.
Qayd etilişiça, ayol haydovçi sportçini yölning örtasida oğir jarohatlangan holda topgan. Öt öçiriş xizmati xodimlari va qutqaruv vertolyoti tezkorlik bilan yetib kelganiga qaramay, Rize olgan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.
Manbaga köra, hodisa joriy yilning 15 sentyabr kuni sodir bölgan. Politsiya hodisa joyida kiyik bilan töqnaşuv sodir bölganini körsatuvçi dalillarni aniqlagan.
Xabarlarga köra, Rize maşğulot ötkazayotgan vaqtda yölda yugurib çiqqan kiyik bilan töqnaşib ketgan. Sud-tibbiy ekspertlar ham hodisa joyida hayvon bilan töqnaşuv sodir bölganini körsatuvçi dalillarni aniqlagan.
Malumot uçun, 36 yoşli Rize joriy yilning avgust oyi oxirida Qirğizistonda ötkazilgan Silk Way musobaqasida ikkinçi örinni egallagan. May oyida esa Gretsiyadagi toğ ultramarafonida ğolib çiqqan.