Özbekistonning Eronga qarşi öyinini rossiyalik hakamlar boşqaradi
Özbekistonlik milliy terma jamoasining Eronga qarşi uçraşuvini rossiyalik hakamlar guruhi boşqaradi. Bu haqda Özbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
FIFA kunlari doirasidagi örtoqlik öyinlaridan örin olgan Özbekiston va Eron milliy terma jamoalari örtasidagi uçraşuv rasmiylari malum böldi.
Mazkur bellaşuvni rossiyalik FIFA hakami Kirill Levnikov boşqarib boradi. Unga qanotlarda hamyurtlari Dmitriy Yermakov va Andrey Vereteşkin yordam beradi.
Eslatib ötamiz, milliy terma jamoaning Eronga qarşi bahsi joriy yilning 24 sentyabr kuni “Istiqlol” stadionida bölib ötadi.