USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekiston 100 foizlik natija bilan pley-off bosqiçiga çiqdi

125 марта
Ўзбекистон 100 фоизлик натижа билан плей-офф босқичига чиқди

Bugun, 22 sentyabr kuni Özbekiston olimpiya terma jamoasi Aiçi-Nagoyada bölib ötayotgan Osiyo öyinlarining guruh bosqiçi 3-tur bahsida maydonga tuşdi. Özbekiston vakillari sönggi turda Vetnamni 0:2 hisobida mağlub etdi. 

Bahs töliq Özbekiston olimpiyaçilari nazoratida ötdi. Birinçi bölimning 5-daqiqasidayoq Muhammadali Örinboyev gol urib, jamoasini hisobda oldinga olib çiqdi. Şu tariqa, dastlabki taym kiçik hisobda yakunlandi.

Ikkinçi bölim ham Özbekiston olimpiyaçilari ustunligida ötdi. Uçraşuvning 67-daqiqasida Nurlan Ibraimov raqib darvozasini işğol qilib, öyindagi işonçli hisobni taminladi. Natijada bahs Markaziy Osiyo vakillarining 0:2 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.

Özbekiston “C” guruhida Filippin, Quvayt va Vetnamni mağlub etib, 100 foizlik natija bilan pley-off bosqiçiga çiqiş masalasini hal qildi. Guruh bosqiçida “oq börilar” 9 ta gol urdi va bir marta gol ötkazib yubordi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: