USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Şaxmat olimpiadasi ğoliblari uçun qança pul berilişi malum böldi

243 марта
Шахмат олимпиадаси ғолиблари учун қанча пул берилиши маълум бўлди

Hozirda Samarqand şahrida davom etayotgan 46-Butunjahon şaxmat olimpiadasida özbekistonlik şaxmatçilar ğoliblikni qölga kiritsa, 200 ming AQŞ dollari pul mukofoti oladi. Bu haqda “Şaxmatni yanada ommalaştiriş va rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Prezident qarorida belgilandi.

Qarorga köra, xalqaro nufuzli şaxmat musobaqalarida ğolib va sovrindor bölgan şaxmatçilar, şuningdek, ularni tayyorlagan murabbiylarni munosib rağbatlantiriş maqsadida bir martalik pul mukofotlari miqdori oşiriladi.

Hujjatga köra, Butunjahon şaxmat olimpiadasi va paralimpiadasida kattalar örtasida ğoliblikni qölga kiritgan şaxmatçiga 200 ming AQŞ dollari, kumuş medal sohibiga 100 ming dollar, bronza medal sohibi uçun esa 50 ming dollar miqdorida mukofot beriladi. Ilgarigi tartibda uşbu mukofotlar mos ravişda BHMning 2000, 1000 va 500 baravari – 880 million, 440 million va 220 million sömni taşkil etgan.

Yoşlar örtasidagi Butunjahon şaxmat olimpiadasi va paralimpiadasi ğoliblariga ham yangi miqdordagi mukofotlar belgilandi. Oltin medal uçun 20 ming dollar, kumuş medal uçun 10 ming dollar, bronza medal uçun esa 5 ming dollar beriladi.

FIDE tasnifiga köra, jahon miqyosidagi musobaqalarda ğolib bölgan şaxmatçi 15 ming dollar, kumuş medal sohibi 7,5 ming dollar, bronza medal sohibi esa 3 ming 750 dollar miqdorida rağbatlantiriladi. Ilgarigi tartibda bu mukofotlar BHMning 300, 150 va 75 baravari – mos ravişda 132 million, 66 million va 33 million söm edi.

FIDE tasnifiga köra, Osiyo miqyosidagi musobaqalarda oltin medal uçun 10 ming dollar, kumuş medal uçun 5 ming dollar, bronza medal uçun esa 2 ming 500 dollar miqdorida mukofot tölanadi. Avval bu miqdorlar BHMning 70, 35 va 17,5 baravari – 30 million 800 ming, 15 million 400 ming va 7 million 700 ming sömni taşkil etgan.

Şuningdek, xalqaro grossmeyster unvonini qölga kiritgan şaxmatçilarga 5 ming AQŞ dollari miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi. Ilgarigi tartibda uşbu summa BHMning 100 baravari, yani 44 million söm edi.

Qaror bilan xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarga erişgan şaxmatçilar bilan bir qatorda ularni tayyorlagan murabbiylarni ham munosib rağbatlantiriş közda tutilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: