Özbekistonning Osiyo öyinlaridagi medallari 17 taga yetdi
Bugun, 24 sentyabr kuni Yaponiyaning Ayti–Nagoya şaharlarida ötayotgan Osiyo öyinlarining 5-kuni doirasidagi bahslar davom etmoqda. Kunning dastlabki qismida Özbekiston delegatsiyasi akademik eşkak eşiş, kanoe va baydarkada eşkak eşiş bahslarida 7 ta medalni qölga kiritdi.
Dastlab erkaklar örtasidagi M1x yakkalik dasturida startga çiqqan Şahboz Xolmurzayev marraga ikkinçi bölib yetib kelib, kumuş medalni qölga kiritdi.
Şundan söng erkaklar örtasidagi M2x juftlik dasturida iştirok etgan Mehroj Mamatqulov va Pavel Sorin 6:10.49 natija bilan ikkinçi örinni egallab, yana bir kumuş medalni delegatsiya hisobiga yozdirdi.
M2- dasturining finalida esa Maksim Golubev va Alişer Turdiyev 6:32.34 natija bilan uçinçi örinni egallab, bronza medalga sazovor böldi.
Anna Aksenova, Mariya Sergeyeva, Rayhona Sattorova va Aydana Smetullayevadan iborat ekipaj W4- dasturining finalida ikkinçi örinni egallab, kumuş medalni qölga kiritdi.
Şuningdek, Özbekiston delegatsiyasi Ayti–Nagoya Osiyo öyinlaridagi ikkinçi oltin medalini qölga kiritdi. Kanoeda eşkak eşiş böyiça ayollar örtasidagi 200 metr masofaga keçgan yakkalik bahslarida iştirok etgan Şohsanam Şerzodova barça raqiblaridan ustun kelib, oltin medalga sazovor böldi.
Baydarkada eşkak eşiş böyiça ayollar örtasidagi 500 metr masofaga keçgan bahslarda Arina Tanatmişeva va Yekaterina Şubina juftligi marraga uçinçi bölib yetib keldi va bronza medalni qölga kiritdi.
Kanoeçilar Artur Guliyev va Vladlen Denisov ham sovrindorlar qatoridan joy oldi. Ular 500 metr masofaga keçgan bahsda marraga ikkinçi bölib yetib kelib, Özbekiston delegatsiyasiga navbatdagi kumuş medalni taqdim qildi.
Şu tariqa, kunning dastlabki qismida akademik eşkak eşiş, kanoe va baydarkada eşkak eşiş bahslarida Özbekiston delegatsiyasi 7 ta medal – 1 ta oltin, 4 ta kumuş va 2 ta bronza medalni qölga kiritdi.
Hozirga kelib Özbekiston delegatsiyasining Osiyo öyinlaridagi jami medallar soni 17 taga ( 2 ta oltin, 8 ta kumuş va 7 ta bronza) yetdi. Ayni damda Özbekiston umumjamoa hisobida 9-örinda bormoqda.