Tarixda ilk bor Özbekiston eşkak eşişda jahon çempioni böldi
Keça, 27 avgust kuni Niderlandiyaning Amsterdam şahrida akademik eşkak eşiş böyiça jahon çempionatining yengil vaznli erkaklar örtasidagi juftliklar bahsida (LM2x) Özbekiston terma jamoasi vakillari Şahzod Nurmatov va Sobirjon Safaroliyev oltin medalni qölga kiritdi.
Özbekistonlik eşkak eşuvçilar finalda 6:21,93 natija qayd etib, birinçi örinni egalladi. Kumuş medal Germaniya, bronza medal esa AQŞ vakillariga nasib etdi.
Bu natija Özbekiston akademik eşkak eşiş sporti tarixida kattalar örtasidagi jahon çempionatlarida qölga kiritilgan dastlabki oltin medal sifatida qayd etildi.
Malumot uçun, 2026 yilgi akademik eşkak eşiş böyiça jahon çempionati joriy yilning 24-30 avgust kunlari Amsterdamdagi Bosbaan kanalida ötkazilmoqda.