Bugun Özbekiston Eron bilan öynaydi
Bugun, 24 sentyabr kuni futbol böyiça Özbekiston milliy terma jamoasi Farğonada Eronga qarşi bahs olib boradi. Uçraşuv “Istiqlol” stadionida 19:00 da boşlanadi.
Özbekiston va Eron terma jamoalari bunga qadar turli musobaqalar doirasida 18 marta özaro töqnaş kelgan. Uşbu bahslarda Eron 10 ta, Özbekiston esa 2 ta ğalabani qölga kiritgan. Yana 6 ta uçraşuvda durang qayd etilgan.
Jamoalarning sönggi 6 ta uçraşuvida Özbekiston asosiy vaqtda 1 marta, penaltilar seriyasida esa 1 marta ğalaba qozongan. Eron sönggi bor “oq börilar”ni 2023 yilda mağlub etgan. Şundan keyingi 6 ta öyinda forslar Özbekiston ustidan ğalaba qozona olmagan.
Etiborlisi, Eronga qarşi bölajak bahsda Özbekiston terma jamoasining asosiy futbolçilaridan Otabek Şukurov, Jaloliddin Maşaripov, Rustam Aşurmatov va Ötkir Yusupovlar çaqiruv olmagan. Buning asosiy sababi sifatida Fabio Kannavaro Jahon çempionatidan keyingi jarohatlar va yaxşi öyin körsatmaslik bilan izohladi.
Malumot uçun, Fabio Kannavaro boşçiligidagi Özbekiston milliy terma jamoasi Eron bilan öyindan söng joriy yilning 1 oktyabr kuni Toşkentda Suriya bilan va 6 oktyabr kuni safarda Janubiy Koreyaga bahs olib boradi.