Özbekistonning Osiyo öyinlaridagi oltinlari 5 taga yetdi
Bugun, 24 sentyabr kuni Yaponiyaning Ayçi–Nagoya şaharlarida ötayotgan Osiyo öyinlarining 5-kuni doirasidagi bahslar davom etmoqda. Kun doirasidagi sport gimnastikasi bahslarida Özbekiston delegatsiyasi 5-oltin medalni qölga kiritdi.
Sport gimnastikasi böyiça Özbekiston terma jamoasi azosi Ötkirbek Jörayev ot ustidagi maşqda 14,733 ball jamğarib, barça raqiblaridan ustun keldi va Osiyo öyinlari çempioniga aylandi.
Hozirga kelib Özbekiston delegatsiyasining Osiyo öyinlaridagi jami medallar soni 25 taga (5 ta oltin, 12 ta kumuş va 8 ta bronza) yetdi. Şu tariqa, Özbekiston umumjamoa hisobida 6-öringa kötarildi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Osiyo öyinlarida oltin medal olgan özbekistonlik sportçilarga 25 000 AQŞ dollari miqdorda pul mukofoti berilişi haqida xabar berilgandi.